Yozgi kasblar markazining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi

Bugun Termiz shahrida yoshlar uchun muhim ahamiyatga ega bo‘lgan Yozgi kasblar markazining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Tadbirda Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov ishtirok etib, markaz faoliyatini rasman boshlab berdi.

Mazkur markazda yozgi ta’til davrida yoshlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish, ularning kasb-hunar o‘rganishga bo‘lgan qiziqishini oshirish maqsadida "Dolzarb 90 kun" bo'yicha zamonaviy yo‘nalishlar va turli kasblar o‘rgatiladi.

Markazda texnika, IT, tikuvchilik,  pazandachilik, dizayn, robototexnika  kabi ko‘plab yo‘nalishlarda amaliy mashg‘ulotlar tashkil etilib, yoshlarning qobiliyat va salohiyatini ro‘yobga chiqarish uchun barcha shart-sharoitlar yaratilgan.

Yozgi kasblar markazi yoshlarning kelajakdagi mehnat bozoriga moslashuvi va bandligini ta’minlashda muhim o‘rin tutadi.

Foydali Havolalar

Yangiliklar

Rektor huzurida apparat yig‘ilishi tanqidiy-tahliliy ruhda o‘tkazildi

  • 2026-07-21
  • 57

Termiz davlat universiteti rektori A. Toshqulov raisligida navbatdagi apparat yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Batafsil

DISSERTATSIYA ISHI MUVAFFAQIYATLI HIMOYA QILINDI

  • 2026-07-20
  • 42

Termiz davlat universiteti "O‘zbek tilshunosligi" kafedrasi o‘qituvchisi Qurbonmurodov Abror Abdurashidovich Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi

Batafsil

Termiz davlat universiteti vakili — Oʻzbekiston chempioni! 

  • 2026-07-18
  • 58

Joriy yilning 16–18-iyul kunlari Toshkent shahrida parayengil atletika sport turi boʻyicha oʻtkazilgan Oʻzbekiston chempionatida Termiz davlat universiteti

Batafsil