Ayni damda Termiz Davlat Universitetida Kimyo fanidan Respublika fan olimpiadasining ikkinchi bosqichi bo‘lib o‘tmoqda.
1-bosqichda 23 ta oliy ta’lim muassasasidan 60 nafarga yaqin iqtidorli talabalar o‘z bilim va salohiyatlarini sinovdan o‘tkazishdi. Saralash natijalariga ko‘ra, 2-bosqichga 4 ta OTMdan 5 nafar eng yuqori ball to‘plagan talabalar yo‘llanma oldi.
Hozirda 2-bosqich ishtirokchilari kimyoviy tajribalar asosida amaliy ishlarni bajarmoqda. Bu esa ularning fan bo‘yicha egallagan chuqur bilim va ko‘nikmalarini namoyon etish imkonini bermoqda.