TERDUda KIMYO OLIMPIADASI – IQTIDOR, ILM VA KELAJAK UCHRASHUVI!

Termiz davlat universitetida ilk bor Respublika fan olimpiadasining "Kimyo" yo‘nalishi bo‘yicha yakuniy bosqichi bo‘lib o‘tmoqda! Bu nufuzli tanlovda yurtimizdagi 23 ta oliy ta'lim muassasalaridan 60 nafarga yaqin iqtidorli talabalar va ularning ilmiy rahbarlari ishtirok etishmoqda.

Ushbu olimpiada O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ–4805-son qarori hamda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2025-yil 13-maydagi 174-son buyrug‘i asosida tashkil etilgan.

Kimyo fanidan respublika olimpiadasi – nafaqat bilim, balki ijodiy yondashuv, ilmiy tafakkur vа kelajak avlod olimlari salohiyati sinovidan o‘tadigan maydon!

Olimpiada ikki bosqichda o‘tkazilmoqda: 1. Yozma ish – nazariy bilimlarni baholovchi 2 soatlik test (maksimum 50 ball); 2. Laboratoriya amaliyoti – ishtirokchilarning amaliy ko‘nikmalarini namoyon etish imkoniyati (maksimum 50 ball).

G‘oliblar 1 va 2-tur yakuniga ko‘ra eng yuqori ball to‘plagan 3 nafar ishtirokchi orasidan aniqlanadi va Vazirlik diplomi hamda Magistratura bosqichida davlat granti asosida o‘qish huquqini qo‘lga kiritadi!

TERDU bugun ilm va tajriba uyg‘unlashgan, yurt istiqbolini belgilovchi yosh iste’dodlar bilan to‘lib-toshmoqda. Universitetimizda 165 dan ortiq zamonaviy uskunalar bilan jihozlangan 9 ta kimyo laboratoriyasi, 720 o‘rinli ilmiy markaz, va 6 ta zamonaviy ilmiy laboratoriya faoliyat yuritmoqda.

Barcha ishtirokchilarga omad tilaymiz! Ilm yo‘lidagi bu qadamingiz mustahkam bo‘lsin!

Foydali Havolalar

Yangiliklar

Rektor huzurida apparat yig‘ilishi tanqidiy-tahliliy ruhda o‘tkazildi

  • 2026-07-21
  • 57

Termiz davlat universiteti rektori A. Toshqulov raisligida navbatdagi apparat yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Batafsil

DISSERTATSIYA ISHI MUVAFFAQIYATLI HIMOYA QILINDI

  • 2026-07-20
  • 42

Termiz davlat universiteti "O‘zbek tilshunosligi" kafedrasi o‘qituvchisi Qurbonmurodov Abror Abdurashidovich Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi

Batafsil

Termiz davlat universiteti vakili — Oʻzbekiston chempioni! 

  • 2026-07-18
  • 58

Joriy yilning 16–18-iyul kunlari Toshkent shahrida parayengil atletika sport turi boʻyicha oʻtkazilgan Oʻzbekiston chempionatida Termiz davlat universiteti

Batafsil