TerDU xodimlari Xitoyda xalqaro seminarda ishtirok etmoqda

Joriy yilning 4–17-iyun kunlari Xitoy Xalq Respublikasi Savdo vazirligi tashabbusi bilan Vuhan to‘qimachilik universitetida tashkil etilgan “Seminar on Cotton Processing, Textile, and Trade for Developing Countries” (Rivojlanayotgan mamlakatlar uchun paxtani qayta ishlash, to‘qimachilik va savdo) mavzusidagi xalqaro seminar-o‘quv kursida Termiz davlat universiteti vakillari ishtirok etmoqda.

Mazkur nufuzli seminarda TerDU Ilmiy-innovatsion ishlanmalarni tijoratlashtirish bo‘limi boshlig‘i hamda Milliy libos, kashtachilik va to‘qimachilik kafedrasi mudiri universitet nomidan qatnashmoqda

Seminar asnosida Osiyo, Afrika va boshqa mintaqalardan jami 8 mamlakat vakillari – 28 nafar ishtirokchi malaka oshirmoqda.

Dastur doirasida ishtirokchilar Xitoyning yirik sanoat va savdo markazlari bilan tanishishmoqda. Jumladan, dunyoga mashhur "Alibaba" kompaniyasiga tashrif buyurilib, uning global tadbirkorlik imkoniyatlari va elektron savdo sohasidagi ilg‘or tajribalari haqida batafsil ma’lumot olindi.

Ushbu ishtirok shubhasiz TerDUning xalqaro ilmiy aloqalari va innovatsion rivojlanishida muhim qadamlardan biri bo‘lib, kelajakdagi hamkorliklar uchun yangi eshiklarni ochmoqda.

Foydali Havolalar

Yangiliklar

Rektor huzurida apparat yig‘ilishi tanqidiy-tahliliy ruhda o‘tkazildi

  • 2026-07-21
  • 57

Termiz davlat universiteti rektori A. Toshqulov raisligida navbatdagi apparat yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Batafsil

DISSERTATSIYA ISHI MUVAFFAQIYATLI HIMOYA QILINDI

  • 2026-07-20
  • 42

Termiz davlat universiteti "O‘zbek tilshunosligi" kafedrasi o‘qituvchisi Qurbonmurodov Abror Abdurashidovich Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi

Batafsil

Termiz davlat universiteti vakili — Oʻzbekiston chempioni! 

  • 2026-07-18
  • 58

Joriy yilning 16–18-iyul kunlari Toshkent shahrida parayengil atletika sport turi boʻyicha oʻtkazilgan Oʻzbekiston chempionatida Termiz davlat universiteti

Batafsil