Bugun TerDU rektori akademik litsey pedagog-o‘qituvchilari bilan ochiq muloqot tarzida uchrashuv o‘tkazdi.
Uchrashuv davomida litsey faoliyatini yanada rivojlantirish, jamoaviy hamjihatlikda ta’lim sifati va natijadorligini oshirish, shuningdek yangi o‘quv yili qabullarini puxta rejalashtirish masalalari muhokama qilindi. Uchrashuvda, xususan, TerDUning o‘quv ishlari bo‘yicha prorektori litseydagi ma’naviy muhit barqarorligi va o‘quv jarayonlari uchun bevosita mas’ul ekani qayd etildi.
Ma’lumot o‘rnida aytish joizki, hozirda TerDU qoshidagi akademik litseyda ilmiy salohiyat 77%ni tashkil etadi. O‘tgan o‘quv yili yakunida 202 nafar bitiruvchidan 193 nafari (96%) OTM talabasi bo‘lish sharafiga muyassar bo‘ldi.
A.Toshqulov erishilgan natijalarni e’tirof etgan holda, oldinda turgan mas’uliyatli vazifalarga alohida to‘xtalib o‘tdi va yakunda barcha jamoani Qurbon hayiti bilan tabrikladi.
Yangi o‘quv yilida ham litsey jamoasiga omad tilaymiz!