Bugungi kunda buyuk mutafakkir Alisher Navoiy merosini chuqur o‘rganish, uni yoshlarga yetkazish dolzarb masalalardan biridir. Shu maqsadda Termiz davlat universitetida nashrdan chiqqan to‘rt jildlik “Alisher Navoiy ensiklopediyasi” taqdimoti tashkil etildi. Ushbu nodir ilmiy manba buyuk allomaning boy ijodi, shaxsiyati va ilmiy merosini o‘rganishda muhim manba hisoblanadi.
Taqdimotda navoiyshunos olim, O‘zbekiston Fanlar akademiyasi O‘zbek tili, adabiyoti va folklor instituti professori Maqsud Asadov ishtirok etdi. Tadbir davomida talabalar professor bilan Navoiy ijodi, uning tarixiy-ma’naviy o‘rni xususida samimiy suhbat olib borishdi.
Suhbat davomida yosh navoiyshunoslar va talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi, bu esa ularning ilmiy izlanishlariga yangi ruh bag‘ishladi.