Termiz davlat universiteti Matematik analiz kafedrasi o'qituvchisi Majidova Dilnoza Bahromovna Urganch davlat universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi Ilmiy kengashda "Ekonometrika va statistika" ixtisosligidan “Meva-sabzavot mahsulotlari yetishtirish jarayonlari samaradorligini oshirishning ekonometrik modellari (Surxondaryo viloyati misolida)” mavzusida iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya ishini muvaffaqiyatli himoya qildi.
.jpg)
Universitet jamoasi nomidan Dilnoza Bahromovnani ushbu yutugʻi bilan qutlab, olimaga mustahkam sogʻlik, ilm yoʻlida muvaffaqiyat tilaymiz!