Termiz davlat universiteti Algebra va geometriya kafedrasi o'qituvchisi Baxriddinova Yulduz Baxriddinovna Urganch davlat universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi Ilmiy kengashda "Ekonometrika va statistika" ixtisosligidan «Mahalliy dorivor o‘simliklar xomashyosini yetishtirish jarayonlarini ekonometrik modellashtirish (Surxondaryo viloyati misolida)” mavzusida iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya ishini muvaffaqiyatli himoya qildi.
.jpg)
Universitet jamoasi nomidan Yulduz Baxriddinovnani ushbu yutugʻi bilan qutlab, olimaga mustahkam sogʻlik, ilm yoʻlida muvaffaqiyat tilaymiz!