Bugun Termiz davlat universitetida faxriy professor-o‘qituvchilar bilan iliq uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Rektorimiz samimiy muloqot davomida yurtimiz oliy ta’lim tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar, ularning mazmun-mohiyati va kutilayotgan natijalari haqida atroflicha so‘z yuritdi.
Ustoz pedagoglarning universitetimiz ma’naviy muhitini mustahkamlashdagi ulkan hissasi alohida e’tirof etildi. Faxriylarni qadrlash, ular uchun munosib mehnat sharoitlari yaratish, shuningdek, maroqli hordiq chiqarishlari uchun Darband o‘quv-amaliyot bazasida amalga oshirilayotgan loyihalar haqida ham ma’lumot berildi. Tabiat bag‘rida oilaviy hordiq uchun takliflar bildirildi.
Qurbon hayiti arafasida o‘tkazilgan ushbu uchrashuvda faxriy ustozlarning taklif va fikrlari tinglandi. Samimiy muloqotlar fayzli dasturxon atrofida davom etdi. Prezidentimizning faxriylarga ko‘rsatayotgan ehtiromidan minnatdor nuroniylarimiz rektorimiz tashabbusi bilan uyushtirilayotgan bu kabi xayrli tadbirlar uchun chuqur minnatdorlik bildirib, ezgu tilaklar yo‘llashdi.