Milliy libos va san'at fakultetida bitiruv malakaviy ishi himoyalari boshlandi!

Termiz davlat universiteti rektorining 2025-yil 8-apreldagi 190-T-son va 2025-yil 19-maydagi 245-T-son buyruqlariga asosan, Rangtasvir (dastgohli) bakalavriat ta'lim yo'nalishining 4-bosqich bitiruvchi kurs talabalarining Bitiruv malakaviy ishi himoyasi bo'lib o'tdi. Talabalar o'zlari tanlagan mavzulari asosida Surxondaryo viloyatining ijtimoiy, ma'naviy, madaniy hayotini mohirona aks ettirgan ijodiy asarlarini ta'riflab, tavsiflab berishdilar. Bitiruvchi talabalar 4 yillik o'qish faoliyatlari davomida olgan bilim, ko'nikma va malakalarini ushbu yaratgan asarlari orqali namoyish etishdilar.

Himoya jarayonlari uchun barcha zaruriy shart-sharoitlar yaratilgan.

Masalan, talabgorlarning yaqinlari himoya jarayonlarini onlayn tarzda bevosita kuzatish imkoniyatiga ega bo'lishdi.

Shuningdek, bitiruv malakaviy ishlarini sifatli va xolis baholash maqsadida Termiz davlat pedagogika instituti va Ro‘zi Choriyev nomidagi Surxondaryo ixtisoslashtirilgan san’at maktab internatidan Komissiya raisi va a'zolari jalb etilib, ularning shaxsan ishtiroki ta'minlandi.

Foydali Havolalar

Yangiliklar

Rektor huzurida apparat yig‘ilishi tanqidiy-tahliliy ruhda o‘tkazildi

  • 2026-07-21
  • 58

Termiz davlat universiteti rektori A. Toshqulov raisligida navbatdagi apparat yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Batafsil

DISSERTATSIYA ISHI MUVAFFAQIYATLI HIMOYA QILINDI

  • 2026-07-20
  • 42

Termiz davlat universiteti "O‘zbek tilshunosligi" kafedrasi o‘qituvchisi Qurbonmurodov Abror Abdurashidovich Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi

Batafsil

Termiz davlat universiteti vakili — Oʻzbekiston chempioni! 

  • 2026-07-18
  • 59

Joriy yilning 16–18-iyul kunlari Toshkent shahrida parayengil atletika sport turi boʻyicha oʻtkazilgan Oʻzbekiston chempionatida Termiz davlat universiteti

Batafsil