Xalqaro anjuman

O‘zbekiston va Xitoyning tarixiy poytaxt shaharlarini saqlash va rivojlantirishga bag‘ishlangan sessiya bo‘lib o‘tdi

2-iyun kuni Samarqandda “Ta’lim, fan va texnologiyalar sohasida innovatsion hamkorlik” forumi doirasida “O‘zbekiston va Xitoyning tarixiy poytaxt shaharlarini saqlash va rivojlantirish” mavzusida sessiya bo‘lib o‘tdi.

“Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetida tashkil etilgan mazkur anjumanda ikki mamlakatning oliy ta’lim va ilmiy-tadqiqot muassasalari vakillari, soha ekspertlari, olimlar va doktorantlar ishtirok etdi.

Unda O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish qo‘mitasi vakili, Shensiy provinsiyasi Ta’lim boshqarmasi vakili, shuningdek universitet va institut rahbarlari nutq so‘zladi.

Tadbir davomida tomonlar madaniy meros obyektlarini saqlash, ilmiy hamkorlikni kuchaytirish, tarixiy shaharlarni xalqaro turizm markaziga aylantirish kabi masalalarni muhokama qilishdi.

Sessiya yakunida tomonlar O‘zbekiston va Xitoyning tarixiy poytaxt shaharlarini ilmiy asosda o‘rganish va saqlash bo‘yicha hamkorlikni davom ettirishga kelishib oldilar.

Foydali Havolalar

Yangiliklar

Rektor huzurida apparat yig‘ilishi tanqidiy-tahliliy ruhda o‘tkazildi

  • 2026-07-21
  • 58

Termiz davlat universiteti rektori A. Toshqulov raisligida navbatdagi apparat yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Batafsil

DISSERTATSIYA ISHI MUVAFFAQIYATLI HIMOYA QILINDI

  • 2026-07-20
  • 42

Termiz davlat universiteti "O‘zbek tilshunosligi" kafedrasi o‘qituvchisi Qurbonmurodov Abror Abdurashidovich Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi

Batafsil

Termiz davlat universiteti vakili — Oʻzbekiston chempioni! 

  • 2026-07-18
  • 59

Joriy yilning 16–18-iyul kunlari Toshkent shahrida parayengil atletika sport turi boʻyicha oʻtkazilgan Oʻzbekiston chempionatida Termiz davlat universiteti

Batafsil