1–2-iyun kunlari Samarqand shahrida bo‘lib o‘tayotgan O‘zbekiston–Xitoy "Ta’lim, fan va texnologiyalar sohasida innovatsion hamkorlik forumi" doirasida Termiz davlat universiteti (TerDU) va Xitoyning Shimoli-g‘arbiy universiteti (NWU) o‘rtasida “Xitoy–Markaziy Osiyo inson va atrof-muhit “Bir makon, bir yo‘l” qo‘shma laboratoriyasi (C-CHEL Termiz)ni yanada takomillashtirish va birgalikda boshqarish bo‘yicha hamkorlik bitimi imzolandi.
Loyiha maqsadlari:
Ilmiy tadqiqotlar, kadrlar tayyorlash va madaniy merosni o‘rganish bo‘yicha yuqori darajadagi platforma yaratish.
Arxeologiya, paleoekologiya va raqamli monitoring sohalarida zamonaviy laboratoriyalarni birgalikda qurish.
Qo‘shma o‘quv dasturlari va xalqaro ilmiy loyihalarni amalga oshirish.
Ipak yo‘li sivilizatsiyasini o‘rganishga qaratilgan ilmiy izlanishlarni faollashtirish.
Ushbu hamkorlik nafaqat ikki universitet, balki butun mintaqa uchun muhim ilmiy va madaniy ahamiyatga ega loyiha hisoblanadi.
TerDU – yangilikka yetaklovchi ta’lim maskani!