"Darband" o‘quv amaliyot bazasida talabalar uchun madaniy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi

Termiz davlat universitetining “Darband” o‘quv amaliyot bazasida tabiiy fanlar fakulteti talabalari uchun amaliy mashg‘ulotlar doirasida keng qamrovli madaniy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.

Tadbir doirasida talabalarga milliy taom — osh tarqatilib, ularning dam olishini mazmunli tashkil etish maqsadida futbol, voleybol, shaxmat va “Zakovat” kabi sport hamda intellektual musobaqalar o‘tkazildi.

Bellashuvlarda faol ishtirok etgan va g‘oliblikni qo‘lga kiritgan jamoa va talabalar esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi. Kechqurun talabalar ishtirokida konsert dasturi namoyish etildi.

Ko‘tarinki ruhda o‘tgan tadbir talabalarning birdamligini mustahkamlash, jamoaviylikni shakllantirish va ma’naviy-ma’rifiy tarbiyani yanada chuqurlashtirishga xizmat qildi.

 

Foydali Havolalar

Yangiliklar

Rektor huzurida apparat yig‘ilishi tanqidiy-tahliliy ruhda o‘tkazildi

  • 2026-07-21
  • 58

Termiz davlat universiteti rektori A. Toshqulov raisligida navbatdagi apparat yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Batafsil

DISSERTATSIYA ISHI MUVAFFAQIYATLI HIMOYA QILINDI

  • 2026-07-20
  • 42

Termiz davlat universiteti "O‘zbek tilshunosligi" kafedrasi o‘qituvchisi Qurbonmurodov Abror Abdurashidovich Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi

Batafsil

Termiz davlat universiteti vakili — Oʻzbekiston chempioni! 

  • 2026-07-18
  • 59

Joriy yilning 16–18-iyul kunlari Toshkent shahrida parayengil atletika sport turi boʻyicha oʻtkazilgan Oʻzbekiston chempionatida Termiz davlat universiteti

Batafsil