Bugun TerDU rektori Darband o‘quv-amaliyot bazasida bo‘lib, ushbu hudud infratuzilmasini yanada yaxshilash bo‘yicha tashabbuslar bilan tanishdi.
Jumladan:
mikro GES qurilishi,
hudud imkoniyatlaridan foydalangan holda asalarichilik va chorvachilikni yo‘lga qo‘yish,
tabiat qo‘ynida mehmon uylari tashkil etishga qaratilgan Spin-off biznes loyihalari muhokama qilindi.
Rektorimiz dala o'guv amaliyotida ishtirok etayotgan talabalar bilan ham samimiy uchrashuv o‘tkazdi. Ular bilan taassurotlar almashildi, qiziqarli suhbat va mazmunli muloqot fayzli dasturxon atrofida ham davom etdi.