Termiz davlat universitetida talabalarda mutolaa madaniyatini yuksaltirish, ma’naviy-ma’rifiy tarbiyani mustahkamlash maqsadida “Universitet kitobxoni” tanlovi o‘tkazildi.
Tanlovda turli fakultetlardan faol va kitobsevar talabalar ishtirok etib, uch bosqichda o‘z bilimini sinovdan o‘tkazdi.
G‘oliblar:
1-o‘rin — Xolmurotova Gulinor, O‘zbek filologiyasi fakulteti
2-o‘rin — Eshbo‘riyeva Shaxinabonu, Kimyo fakulteti
3-o‘rin — Rashidova Zamira, Ijtimoiy fanlar fakulteti
G‘oliblarga diplom va pul mukofotlari topshirildi.
Tanlov yoshlarni kitobga oshno etish, mustaqil fikrlashga yo‘naltirish va o‘z ustida ishlashga undashni ko‘zda tutadi. Bu tashabbus talaba yoshlar orasida kitobxonlikni keng targ‘ib qilishda muhim qadamlardan biri bo‘ldi.