Termiz davlat universiteti Fizika-matematika fakultetida 2024–2025 o‘quv yili davomida o‘z faolligi, intilishlari hamda sportdagi yutuqlari bilan ajralib turgan talabalarni e’tirof etish, ularni rag‘batlantirish va qo‘llab-quvvatlash maqsadida "Faol talaba – 2025" va "Dekan kubogi" g‘oliblarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.
Tadbir doirasida:
Xalqaro fan olimpiadalari g‘oliblari
Sport sohasida yuksak natijalarga erishganlar
Ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarda faol ishtirok etganlar
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan o‘tkazilgan tanlovlarda g‘olib bo‘lgan talabalar tantanali ravishda taqdirlandilar.
Bu kabi tadbirlar yoshlarimizning izlanuvchanligini qo‘llab-quvvatlash, bilimga bo‘lgan ishtiyoqini oshirish va ularni yangi marralar sari ilhomlantirishda muhim ahamiyat kasb etadi.