Unda viloyatdagi barcha oliy o‘quv yurtlaridan bilimli va zukko talabalar ishtirok etdi. Talabalar intellektual o'yin nizomida belgilangan mavzular yuzasidan o‘z fikr-mulohazalarini dadil himoya qildilar. Munozaralar jarayonida ishtirokchilar nafaqat o‘z nuqtai nazarini asoslab bera oldilar, balki savol-javoblar orqali o‘z bilim doiralarini yanada kengaytirishga erishdilar.
Yakuniy baholash natijalariga ko‘ra, quyidagi jamoalar g‘olib deb topildi:
1-o‘rin — Termiz davlat universiteti "Gumata" jamoasi
2-o‘rin — Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universiteti "Parlament" jamoasi
3-o‘rin — Termiz iqtisodiyot va servis universiteti "Tisu Tibbiyot" jamoasi
G‘olib jamoalar diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi. Mazkur tadbir ishtirokchilar uchun nafaqat o‘z bilim va salohiyatini namoyon etish, balki tengdoshlari bilan fikr almashish imkonini ham yaratdi.