Universitet rektori huzurida Yuridik fakulteti hamda Milliy libos va san’at fakultetlari dekanlari tomonidan istiqbolli rivojlanish strategiyasining taqdimoti bo‘lib o‘tdi.
Prorektorlar, tegishli bo‘lim rahbarlari hamda mas’ul mutaxassislar ishtirok etgan yig‘ilishda har ikki fakultetda ham ilmiy-tadqiqot salohiyatini oshirish, ta’lim sifatini yaxshilash, zamonaviy o‘qitish usullarini joriy etish va talabalarning amaliy ko‘nikmalarini rivojlantirishga qaratilgan ustuvor yo‘nalishlar muhokama qilindi.
Shuningdek, fakultetlarning ta’lim eksportni kengaytirish, xorijiy hamkor universitetlar bilan qo‘shma dasturlar ishlab chiqish, investitsiya jalb etish, ta’lim yo‘nalishlari va fakultetni xalqaro akkreditatsiyadan o‘tkazishga oid rejalari va yo‘l xaritasi o‘rtaga tashlandi.
Aytish kerakki yuridik fakultet hamda viloyat prokuraturasi o‘rtasida sud-huquq sohasida zamonaviy bilim va amaliy malakaga ega kadrlarni tayyorlash, amaliyotchi mutaxassislarni ta’lim jarayoniga keng jalb etish hamda ilmiy-amaliy tadqiqotlarni rivojlantirish borasida yo‘lga qo‘yilgan hamkorlik ezgu maqsadlar ijrosida katta ahamiyat kasb etmoqda.
Milliy libos va san’at fakultetida esa milliy madaniyatimiz, an’analar va san’atimizni o‘rganish va ommalashtirish, kreativ industriya yo‘nalishlarini rivojlantirish asnosida mavjud resurslari va imkoniyatlardan foydalanib, "Spin-off" biznesni rivojlantirish borasida ham amaliy harakatlarga kirishilgan.
Taqdimot yakunlarida mas’ullar belgilangan maqsadlar ijrosini ta’minlash uchun aniq vazifalar va ijrochilarni belgilash zarurligini ta’kidlashdi.