O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 19-apreldagi 222-son qarorida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida joriy yilning 1-aprelidan 30-apreliga qadar “Akademik harakatchanlik” dasturi tanlovi o‘tkazildi. Unga yosh olimlar tomonidan 192 ta loyiha topshirildi. Yakuniy natijalarga ko‘ra 25 nafar yosh olimning loyihasi g‘olib deb topildi. Ular bilan quyida keltirilgan ro‘yxat orqali tanishishingiz mumkin.
Quvonarlisi ushbu tanlovda Termiz davlat universitetidan 5 nafar izlanuvchi g‘olib deb topildi. Kimyo fakultetining 3-nafar, tabiiy fanlar fakultetining 1 nafar, fizika-matematika fakultetining 1 nafar g‘oliblari aniqlandi.
1. Loyiha rahbari: G‘afforova Shahlo
Loyiha nomi: Tarkibida azot,oltingugurt tutgan selektiv sorbentlar olish va tadqiq qilish.
Loyiha mablag‘i: 64 000 000 so‘m
2. Loyiha rahbari: Yodgorov Ravshan
Loyiha nomi: Yuqori termoplastik xususiyatli polietilen sulfid olish va tadqiqoti.
Loyiha mablag‘i: 70 560 000 so‘m
3. Loyiha rahbari: Ashurova Muborak
Loyiha nomi: Mahalliy xomashyolar asosida mebel va qurilish sanoati uchun polimer yelimlar olish.
Loyiha mablag‘i: 63 796 000 so‘m
4. Loyiha rahbari: Choriyev Siroj
Loyiha nomi: Surxondaryo vohasida yeryong‘oq o‘simligida uchrovchi nematodalarni molekulyar identifikatsiya qilish.
Loyiha mablag‘i: 66 350 000 so‘m
5. Loyiha rahbari: Muhammadiyev Behruz
Loyiha nomi: Quyosh energiyasidan foydalangan holda Surxondaryo viloyatida suv tejovchi zamonaviy sug‘orish tizimlarini loyihalash va avtomatlashtirish.
Loyiha mablag‘i: 66 000 000 so‘m
Barcha doktorantlar va ularning ilmiy rahbarlarini erishgan yutuqlari bilan tabriklaymiz!