Termiz davlat universiteti Tabiiy fanlar fakulteti talabalari Boysun tumanidagi Darband o‘quv-amaliyot bazasida malakaviy amaliyot o‘tamoqdalar. Ushbu baza Termiz davlat universiteti tasarrufida bo‘lib, talabalar uchun amaliy bilim va ko‘nikmalarni mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etadi.
Talabalar tajribali ustozlar rahbarligida umurtqali va umurtqasiz hayvonlarning morfologiyasi, anatomiyasi hamda fiziologiyasini chuqur o‘rganmoqdalar. Bu jarayonda ular nafaqat nazariy bilimlarini mustahkamlashmoqda, balki tabiiy sharoitda ilmiy kuzatuvlar olib borish, namunalar yig‘ish va tahlil qilish ko‘nikmalariga ham ega bo‘lishmoqda.
Mazkur amaliyot biologiya yo‘nalishidagi ta’lim sifatini oshirish, talabalarni mustaqil ilmiy izlanishlarga tayyorlash va ularni kelajakdagi kasbiy faoliyatga yo‘naltirishda muhim rol o‘ynaydi.