Universitet rektori huzurida Iqtisodiyot fakulteti va O‘zbek filologiyasi fakulteti rahbariyati tomonidan istiqbolli rivojlanish strategiyasining taqdimoti bo‘lib o‘tdi
Yig‘ilishda prorektorlar, tegishli bo‘lim rahbarlari hamda mas’ul mutaxassislar ishtirok etdi. Taqdimotlar davomida har ikki fakultetda ham ilmiy-tadqiqot faoliyatini kuchaytirish, xalqaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, zamonaviy ta’lim texnologiyalarini joriy etish, talabalarning bilim va ko‘nikmalarini oshirishga qaratilgan tashabbuslar muhokama qilindi.
Shuningdek, ta’lim eksportni kengaytirish, to‘g‘ridan to‘g‘ri investitsiyalarni jalb etish, ta’lim yo‘nalishlari va fakultetlarni xalqaro akkreditatsiyadan o‘tkazish bo‘yicha reja va yo‘l xaritalari atroflicha muhokama qilindi. Ushbu jarayonlarda aniq maqsadli ko‘rsatkichlar belgilab olindi.
Strategiya taqdimotidan so‘ng mas’ullar fakultetlar tomonidan belgilangan ustuvor yo‘nalishlar va maqsad ko‘rsatkichlari ijrosini ta’minlashda aniq ijrochilarni belgilash zarurligini ta’kidlashdi.