TerDUda “Amir Temur vorislari” harbiy-sport spartakiadasi musobaqasining universitet bosqichi bo‘lib o‘tdi.

Mazkur musobaqani tashkil etilishidan ko‘zlangan asosiy maqsad talabalar o‘rtasida sport orqali sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilish, ularda jismoniy va harbiy-amaliy ko‘nikmalarni rivojlantirishdan iborat.

Musobaqa 2 ta asosiy shart bo‘yicha o'tkazildi. Unda har bir fakultet jamoasi o‘zining jismoniy tayyorgarligi, tezkorligi, harbiy va sportga oid bilim hamda ko‘nikmalari bilan bahsga kirishdi.

Bellashuv yakuniga ko‘ra, quyidagi jamoalar g‘oliblikni qo‘lga kiritdi:

1-o‘rin – Sport faoliyati va boshqaruvi fakulteti jamoasi, yuqori jismoniy tayyorgarligi, chaqqonligi va uyg‘un jamoaviy harakati bilan boshqalardan ajralib turdi.

2-o‘rin – Yuridik fakulteti jamoasi, musobaqadagi qat’iyatli ishtiroki va intizomi bilan e’tiborni tortdi.

3-o‘rin – Milliy libos va san’at fakulteti jamoasi, ularning izlanuvchanligi va sportga bo‘lgan qiziqishi tahsinga sazovor bo‘ldi.

Foydali Havolalar

Yangiliklar

Rektor huzurida apparat yig‘ilishi tanqidiy-tahliliy ruhda o‘tkazildi

  • 2026-07-21
  • 58

Termiz davlat universiteti rektori A. Toshqulov raisligida navbatdagi apparat yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Batafsil

DISSERTATSIYA ISHI MUVAFFAQIYATLI HIMOYA QILINDI

  • 2026-07-20
  • 43

Termiz davlat universiteti "O‘zbek tilshunosligi" kafedrasi o‘qituvchisi Qurbonmurodov Abror Abdurashidovich Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi

Batafsil

Termiz davlat universiteti vakili — Oʻzbekiston chempioni! 

  • 2026-07-18
  • 59

Joriy yilning 16–18-iyul kunlari Toshkent shahrida parayengil atletika sport turi boʻyicha oʻtkazilgan Oʻzbekiston chempionatida Termiz davlat universiteti

Batafsil