Termiz davlat universitetida rektor huzuridagi navbatdagi apparat yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishda prorektorlar, fakultet dekanlari, kafedra mudirlari hamda kun tartibiga daxldor mas’ullar ishtirok etdilar.
Yig‘ilish avvalida Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universiteti (TerDMAU) rektori lavozimiga tayinlangan, avval Termiz davlat universitetida o‘quv ishlari bo‘yicha prorektor lavozimida faoliyat yuritgan R.To‘rayevga alohida hurmat-ehtirom ko‘rsatildi. Universitet professor-o‘qituvchilari tomonidan uning samarali mehnati va shaxsiy ibrati alohida e’tirof etildi.
Yig‘ilish davomida joriy o‘quv yili yakunlari, yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik, talabalar amaliyotini tashkil etish va ta’lim jarayonining sifatini oshirish masalalari keng muhokama qilindi. Mas’ul rahbarlarga aniq vazifalar va amaliy ko‘rsatmalar berildi.