Xalqaro tajriba asosida rivojlanish

2025-yil 24-may kuni Termiz davlat universiteti Tabiiy fanlar fakultetida “Dunyoning nufuzli TOP-1000 talik universitetlari reytingida 163-o‘rinda turuvchi Qozog‘istonning Al-Farobiy nomidagi Milliy universitet tajribasini o‘rganish va uni TerDU Tabiiy fanlar fakulteti faoliyatida istiqbolda qo‘llash” mavzusida seminar tashkil etildi.

Seminarda fakultet dekani professor-o‘qituvchilarga muhim fikr va topshiriqlarni taqdim etdi. Jumladan, quyidagilar alohida ta’kidlandi:

Fakultet va universitet miqyosida xalqaro hamkorlik yildan-yilga kengayib borayotgani va bu jarayonda har bir pedagog faol ishtirok etishi lozimligi;

Xalqaro faoliyatda har bir professor-o‘qituvchining shaxsiy hissasi muhim ahamiyatga ega ekani;

O‘quv yili yakunida har bir pedagogning faoliyati chuqur tahlil qilinib, uning natijalari asosida 2025/2026-o‘quv yili uchun yuklamalar aniqlanishi.

Seminar davomida al-Farobiy nomidagi Milliy universitet tajribasidan o‘rinli foydalanish, ilmiy salohiyat va akademik mobilitetni oshirishga qaratilgan takliflar muhokama qilindi. Ushbu tadbir fakultetda xalqaro standartlarga mos taraqqiyot yo‘nalishlarini belgilab olishda muhim qadam bo‘ldi.

Foydali Havolalar

Yangiliklar

Rektor huzurida apparat yig‘ilishi tanqidiy-tahliliy ruhda o‘tkazildi

  • 2026-07-21
  • 58

Termiz davlat universiteti rektori A. Toshqulov raisligida navbatdagi apparat yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Batafsil

DISSERTATSIYA ISHI MUVAFFAQIYATLI HIMOYA QILINDI

  • 2026-07-20
  • 43

Termiz davlat universiteti "O‘zbek tilshunosligi" kafedrasi o‘qituvchisi Qurbonmurodov Abror Abdurashidovich Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi

Batafsil

Termiz davlat universiteti vakili — Oʻzbekiston chempioni! 

  • 2026-07-18
  • 59

Joriy yilning 16–18-iyul kunlari Toshkent shahrida parayengil atletika sport turi boʻyicha oʻtkazilgan Oʻzbekiston chempionatida Termiz davlat universiteti

Batafsil