Tashkiliy masala muhokamasi va yangi rektor tayinlandi

Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universitetida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri o‘rinbosari Otabek Mahkamov ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Unda Surxondaryo viloyati hokimligi vakillari, viloyatdagi oliy ta’lim muassasalari rahbarlari, professor-o‘qituvchilar qatnashdi.

Yig‘ilish davomida tashkiliy masala ko‘rib chiqildi. Otabek Mahkamov Vazirlar Mahkamasining Rasul Nortojiyevich To‘rayevni Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universiteti rektori lavozimiga tayinlash to‘g‘risidagi tegishli qarorini o‘qib eshittirdi. Shundan so‘ng tashkiliy masala yuzasida ishtirokchilarning fikr-mulohazalari tinglandi.

Yig‘ilishda hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishida oliy ta’lim muassasalarining o‘rni va ishtirokini oshirish masalalari ham muhokama qilindi. Mas’ullar tomonidan ta’lim, ilm-fan va ishlab chiqarish integratsiyasini yo‘lga qo‘yish yuzasidan ko‘rsatmalar va tavsiyalar berildi.

Foydali Havolalar

Yangiliklar

Rektor huzurida apparat yig‘ilishi tanqidiy-tahliliy ruhda o‘tkazildi

  • 2026-07-21
  • 58

Termiz davlat universiteti rektori A. Toshqulov raisligida navbatdagi apparat yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Batafsil

DISSERTATSIYA ISHI MUVAFFAQIYATLI HIMOYA QILINDI

  • 2026-07-20
  • 43

Termiz davlat universiteti "O‘zbek tilshunosligi" kafedrasi o‘qituvchisi Qurbonmurodov Abror Abdurashidovich Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi

Batafsil

Termiz davlat universiteti vakili — Oʻzbekiston chempioni! 

  • 2026-07-18
  • 59

Joriy yilning 16–18-iyul kunlari Toshkent shahrida parayengil atletika sport turi boʻyicha oʻtkazilgan Oʻzbekiston chempionatida Termiz davlat universiteti

Batafsil