23-may kuni Termiz davlat universitetida Milliy gvardiyaning Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi hamkorligida kamondan o‘q otish sport turi bo‘yicha “Rektor kubogi” musobaqasi bo‘lib o‘tdi. Talabalar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, sportga bo‘lgan qiziqishni oshirish hamda iqtidorli yoshlarni aniqlash maqsadida tashkil etilgan ushbu musobaqada ishtirokchilar o‘z mahoratlarini namoyon etdilar.
Musobaqa yakunlariga ko‘ra quyidagi ishtirokchilar g‘oliblikni qo‘lga kiritdi:
1-o‘rin — Bozorov Mehroj
2-o‘rin — Eshmuminov Asad
3-o‘rin — Xaydarova Xulkar
G‘oliblar universitet rahbariyati va tashkilotchilar tomonidan diplom hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.