Magistrlik dissertatsiyalari himoyalari boshlandi!

Termiz davlat universiteti rektorining buyrug‘iga asosan, bugundan boshlab magistratura bosqichini tamomlayotgan 24 ta mutaxassislik bo‘yicha jami 144 nafar magistrantning "Magistrlik dissertatsiyasi" himoyalari boshlandi.

Himoya jarayonlari uchun barcha zaruriy shart-sharoitlar yaratilgan.

Masalan, talabgorlarning yaqinlari himoya jarayonlarini onlayn tarzda bevosita kuzatish imkoniyatiga ega bo'lishdi.

Shuningdek, dissertatsiyalarni sifatli va xolis baholash maqsadida Respublikaning nufuzli ilmiy muassasalari, ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish tashkilotlaridan Komissiya raislari jalb etilib, ularning shaxsan ishtiroki ta'minlangan.

Magistrlik dissertatsiyalarini himoya qilish jarayonlari 2025-yil 16-iyunga qadar davom etadi.

Foydali Havolalar

Yangiliklar

Rektor huzurida apparat yig‘ilishi tanqidiy-tahliliy ruhda o‘tkazildi

  • 2026-07-21
  • 58

Termiz davlat universiteti rektori A. Toshqulov raisligida navbatdagi apparat yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Batafsil

DISSERTATSIYA ISHI MUVAFFAQIYATLI HIMOYA QILINDI

  • 2026-07-20
  • 43

Termiz davlat universiteti "O‘zbek tilshunosligi" kafedrasi o‘qituvchisi Qurbonmurodov Abror Abdurashidovich Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi

Batafsil

Termiz davlat universiteti vakili — Oʻzbekiston chempioni! 

  • 2026-07-18
  • 59

Joriy yilning 16–18-iyul kunlari Toshkent shahrida parayengil atletika sport turi boʻyicha oʻtkazilgan Oʻzbekiston chempionatida Termiz davlat universiteti

Batafsil