Termiz davlat universitetida erta tongda muntazam o‘tkazib kelinayotgan badantarbiya mashg‘ulotlari talaba-yoshlar va professor-o‘qituvchilar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini qaror toptirish, jismoniy chiniqish, intizom va ijobiy ruhiy holatni shakllantirishga xizmat qilmoqda.
Mazkur tashabbus universitet rektori tomonidan ilgari surilgan bo‘lib, bugungi kunda yaxshi bir an’anaga aylangan.
A.Toshqulov navbatdagi badantarbiya mashg‘ulotidan so‘ng kapital rekonstruksiya jarayonidagi sport majmuasida bo‘lib, talabalarning sport bilan muntazam shug‘ullanishi uchun yaratilayotgan sharoitlarni o‘rgandi. Jumladan, kiyinish va yuvinish xonalarini xalqaro standartlar asosida jihozlash bo‘yicha o‘z tavsiyalarini berdi.