“Milliy adabiyot shakllanishida jadidchilikning o‘rni” mavzusiga bag‘ishlangan xalqaro ilmiy-amaliy anjuman doirasida Turkiyaning Anqara Hoji Bayram Vali universiteti professorlari — Abdurashidov Zaynobiddin, Vali Savash Yelok va Ibrohim Atabey ishtirokida o‘zbek adabiyotshunosligi kafedrasining yosh tadqiqotchilari va magistrantlari uchun seminar-trening mashg‘ulotlari tashkil etildi.
Mazkur seminar davomida “O‘zbek va Turk adabiyoti” mavzusida ilmiy suhbat olib borilib, ikki xalq adabiyoti o‘rtasidagi tarixiy va madaniy bog‘liqliklar tahlil qilindi. Shuningdek, xorijiy olimlar tomonidan tadqiqot ishlarini samarali tayyorlash yuzasidan yosh tadqiqotchilarga amaliy maslahatlar berildi.
Mazkur anjuman yosh olimlar uchun xalqaro tajriba almashish, ilmiy salohiyatni oshirish hamda adabiyotlararo muloqotni rivojlantirish yo‘lida muhim qadam bo‘ldi.