Jadidchilik va milliy adabiyot: TerDUda xalqaro ilmiy-amaliy anjuman bo‘lib o‘tdi

2025-yil 20–21-may kunlari Termiz davlat universitetida “Milliy adabiyot shakllanishida jadidchilikning o‘rni” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy anjuman bo‘lib o‘tdi.

Unda O‘zbekiston, Turkiya, Ozarbayjon, Qirg‘iziston kabi davlatlardan taniqli olimlar, adabiyotshunoslar, filologlar va yosh tadqiqotchilar ishtirok etdi.

Tadbir Zoom platformasi orqali ham onlayn formatda o‘tkazildi.

Anjuman yalpi yig‘ilish va 4 ta sho‘ba yig‘ilishlarida quyidagi mavzular muhokama qilindi:

Jadidchilik harakatida Ismoil Gaspiralining o‘rni;

O‘zbek jadid matbuotida millat va milliyat g‘oyasi “Al-Isloh” jurnalida ta’lim islohi masalasi;

Mahmudxo‘ja Behbudiy, Cho‘lpon, Fitrat kabi jadidlarning ijodi;

Jadid adabiyotining G‘arb va Sharq ma’rifatchilik harakatlari bilan bog‘liqligi;

Jadid pedagogikasi va uning bugungi ta’lim tizimiga ta’siri;

Konferensiya doirasida yosh olimlar, doktorantlar va magistrantlarning ma’ruzalari ham tinglandi.

Anjuman ilmiy hamkorlikni kengaytirish, jadid merosini chuqur o‘rganish va uni zamonaviy adabiy jarayonlar bilan bog‘lashda muhim qadam bo‘ldi.

Foydali Havolalar

Yangiliklar

Rektor huzurida apparat yig‘ilishi tanqidiy-tahliliy ruhda o‘tkazildi

  • 2026-07-21
  • 58

Termiz davlat universiteti rektori A. Toshqulov raisligida navbatdagi apparat yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Batafsil

DISSERTATSIYA ISHI MUVAFFAQIYATLI HIMOYA QILINDI

  • 2026-07-20
  • 43

Termiz davlat universiteti "O‘zbek tilshunosligi" kafedrasi o‘qituvchisi Qurbonmurodov Abror Abdurashidovich Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi

Batafsil

Termiz davlat universiteti vakili — Oʻzbekiston chempioni! 

  • 2026-07-18
  • 59

Joriy yilning 16–18-iyul kunlari Toshkent shahrida parayengil atletika sport turi boʻyicha oʻtkazilgan Oʻzbekiston chempionatida Termiz davlat universiteti

Batafsil