Sog‘lom turmush tarzi — barqaror rivojlanish garovi

Bugun ham erta tongdan Termiz davlat universitetida ertalabki jamoaviy badantarbiya mashqlari yuqori uyushqoqlik va ko‘tarinki ruhda tashkil etildi.

Ushbu tashabbus universitet rektori, boshchiligida amalga oshirilib, unda prorektorlar, fakultet dekanlari, bo‘lim rahbarlari, faxriy professor-o‘qituvchilar hamda talabalar-yoshlar faol ishtirok etishdi. Mashg‘ulotlar davomida yugurish va chigalyozdi mashqlarining jamoaviy ruhda bajarilishi sog‘lom turmush tarzini hayot tarziga aylantirish, jismoniy faollikni rag‘batlantirish, hamkorlik va do‘stlik muhitini mustahkamlashda muhim qadam bo‘lib xizmat qilmoqda.

Rektorimiz tomonidan ta’kidlanganidek jismoniy tarbiyaning nafaqat shaxsiy salomatlik, balki akademik va mehnat faoliyati samaradorligiga ham ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.

Termiz davlat universitetida sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib etish, jamoaviy sport madaniyatini yuksaltirish borasida bunday tadbirlar muntazam ravishda tashkil etib boriladi.

Foydali Havolalar

Yangiliklar

Rektor huzurida apparat yig‘ilishi tanqidiy-tahliliy ruhda o‘tkazildi

  • 2026-07-21
  • 58

Termiz davlat universiteti rektori A. Toshqulov raisligida navbatdagi apparat yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Batafsil

DISSERTATSIYA ISHI MUVAFFAQIYATLI HIMOYA QILINDI

  • 2026-07-20
  • 43

Termiz davlat universiteti "O‘zbek tilshunosligi" kafedrasi o‘qituvchisi Qurbonmurodov Abror Abdurashidovich Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi

Batafsil

Termiz davlat universiteti vakili — Oʻzbekiston chempioni! 

  • 2026-07-18
  • 59

Joriy yilning 16–18-iyul kunlari Toshkent shahrida parayengil atletika sport turi boʻyicha oʻtkazilgan Oʻzbekiston chempionatida Termiz davlat universiteti

Batafsil