Ayni damda "Milliy adabiyot shakllanishida jadidchilikning o‘rni" mavzusiga bag‘ishlangan xalqaro ilmiy-amaliy anjumanning yalpi majlisi bo'lmoqda.
Xalqaro anjuman avvalida Termiz davlat universiteti rektori, iqtisod fanlari doktori, professor A.Toshqulov so'z olib, tadbirning ahamiyatini ko'rsatib turgan ishtirokchilarga o'z minnatdorchiligini bildirdi. Va bu anjumandan ko'zlangan maqsad muddao hamda dolzarbligiga oid fikrlarini o'rtaga tashladi.
Ushbu ilmiy yig‘in jadidchilik harakati orqali milliy o‘zlik, adabiy yuksalish va ma’naviy uyg‘onish jarayonlarini tahlil etish, zamonaviy ilmiy yondashuvlar asosida ularning o‘rni va ahamiyatini chuqur o‘rganishga qaratilgan.