Aytish kerakki o‘tgan davr mobaynida Termiz davlat universitetining tabiiy fanlar fakultetida tahsil olayotgan talabalari uchun universitet tasarrufidagi Darband o‘quv-amaliyot bazasida auditoriyada o‘zlashtirilgan nazariy bilimlarni amaliyotda sinab ko‘rishlari uchun barcha zaruriy sharoitlar yaratildi.
2024/2025 o‘quv yili yakunida mazkur bazada universitetning 200 nafarga yaqin talabasi uchun dala amaliyoti tashkil etilmoqda. Talabalarning xavfsizligini ta’minlash yuzasidan tegishli choralar ko‘rilgan bo‘lib, amaliy mashg‘ulotlar belgilangan tartibda olib boriladi.
Universitet mas’ullari amaliyotga jalb etilgan talabalarga xavfsizlik qoidalariga qat’iy rioya etish, vaqtni mazmunli va unumli tashkil qilish hamda nazariy bilimlarni amaliy jihatdan mustahkamlash bo‘yicha tegishli tavsiyalar berdilar.