Universitetimiz stadioni yana-da ko‘rkam bo‘lib, ochiq gandbol maydonchasi qurilishi boshlandi.
Bu yangilik "Talabalar ligasi" sport musobaqasining respublika bosqichida oltin medalni qo‘lga kiritgan sportchi talabalarimiz va ularning murabbiylari uchun o‘ziga xos sovg‘a bo‘lmoqda.
Sport – salomatlik va g‘alaba sari qadam!