"Sportchi – yurt himoyachisi!" shiori ostida TerDUda sport oyligi tantanalari

“Sportchi – yurt himoyachisi!” shiori ostida TerDUda sport oyligi tadbirlari avjida

Oliy ta’lim muassasalarida 2025-yilning may oyi “Sport oyligi” deb e’lon qilinib, mamlakat bo‘ylab “Sportchi – yurt himoyachisi!” shiori ostida ommaviy sport tadbirlari jadal ravishda tashkil etilmoqda.

Mazkur tashabbus O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 30-oktyabrdagi PF-6099-sonli “Sog‘lom turmush tarzi va ommaviy sportni rivojlantirish to‘g‘risida”gi Farmoni ijrosini ta’minlash doirasida amalga oshirilmoqda. Shu munosabat bilan Termiz davlat universitetida ham talabalar o‘rtasida sportning 12 turi bo‘yicha musobaqalar uyushtirilmoqda.

Universitetda o‘tkazilayotgan bellashuvlar katta sport festivali tusini olgan bo‘lib, ular nafaqat sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etmoqda, balki talaba-yoshlar uchun madaniy hordiq chiqarish, do‘stona muhitda vaqt o‘tkazish imkonini ham yaratmoqda.

Mazkur tadbirlar yoshlarni sog‘lom turmush tarziga, jismoniy faollikka da’vat etish bilan birga, ularni vatanparvarlik, jamoaviylik va hamjihatlik ruhida tarbiyalashda ham muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Foydali Havolalar

Yangiliklar

Rektor huzurida apparat yig‘ilishi tanqidiy-tahliliy ruhda o‘tkazildi

  • 2026-07-21
  • 58

Termiz davlat universiteti rektori A. Toshqulov raisligida navbatdagi apparat yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Batafsil

DISSERTATSIYA ISHI MUVAFFAQIYATLI HIMOYA QILINDI

  • 2026-07-20
  • 43

Termiz davlat universiteti "O‘zbek tilshunosligi" kafedrasi o‘qituvchisi Qurbonmurodov Abror Abdurashidovich Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi

Batafsil

Termiz davlat universiteti vakili — Oʻzbekiston chempioni! 

  • 2026-07-18
  • 59

Joriy yilning 16–18-iyul kunlari Toshkent shahrida parayengil atletika sport turi boʻyicha oʻtkazilgan Oʻzbekiston chempionatida Termiz davlat universiteti

Batafsil