​​​​​​​"Markaziy Osiyo qadimgi aholisi mifologiyasi va diniy qarashlari" — Termiz davlat universitetida xalqaro ilmiy-amaliy anjuman

Bugun Termiz davlat universitetida “Markaziy Osiyo qadimgi aholisi mifologiyasi va diniy qarashlari” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy anjuman o‘z ishini boshladi.

Anjumanda Fransiya, Rossiya, Xitoy kabi davlatlardan taniqli olimlar, shuningdek, O‘zbekistonning yetuk mutaxassislari ishtirok etmoqda. Jumladan, Markaziy Osiyoning qadimgi tarixi bo‘yicha yetakchi tadqiqotchi akademik Ahmadali Asqarov, professor Rustam Sulaymonov, avestashunos olim Mirsodiq Is’hoqov, turkiy xalqlar tarixi bilimdoni, tarix fanlari doktori G‘aybulla Boboyorov, shuningdek, Xalqaro Islomshunoslik akademiyasi va Sharqshunoslik instituti olimlari o‘z ilmiy ma’ruzalari bilan qatnashmoqda.

Mazkur konferensiya O‘zbekistonda tarix fanlari yo‘nalishida o‘tkazilayotgan xalqaro va respublika darajasidagi ilmiy-amaliy anjumanlar safini yana bir qadam oldinga siljitmoqda

 

Foydali Havolalar

Yangiliklar

Rektor huzurida apparat yig‘ilishi tanqidiy-tahliliy ruhda o‘tkazildi

  • 2026-07-21
  • 58

Termiz davlat universiteti rektori A. Toshqulov raisligida navbatdagi apparat yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Batafsil

DISSERTATSIYA ISHI MUVAFFAQIYATLI HIMOYA QILINDI

  • 2026-07-20
  • 43

Termiz davlat universiteti "O‘zbek tilshunosligi" kafedrasi o‘qituvchisi Qurbonmurodov Abror Abdurashidovich Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi

Batafsil

Termiz davlat universiteti vakili — Oʻzbekiston chempioni! 

  • 2026-07-18
  • 59

Joriy yilning 16–18-iyul kunlari Toshkent shahrida parayengil atletika sport turi boʻyicha oʻtkazilgan Oʻzbekiston chempionatida Termiz davlat universiteti

Batafsil