​​​​​​​"Oltin medal bilan tarix yozildi – TerDU talabalarining zafarli odimi!"

Тermizda "Talabalar ligasi" sport musobaqasining gandbol bo‘yicha respublika bosqichi bahslari yakunlandi.

Jamoalar bir hafta davomida qizg‘in bahslarga kirishdilar.

Yigitlar o‘rtasidagi bellashuvlarda TerDU sportchi-talabalariga teng keladigani topilmadi.

E’tiborli jihati shundaki, talabalarimiz maydonga tushgan har bir uchrashuvda universitet mas’ullari ishtirok etib, jamoamizni qo‘llab-quvvatlab turishdi.

Albatta, natija ham g‘amxo‘rlik va e’tiborga yarasha bo‘ldi. Rektorimiz musobaqaning tantanali yopilish marosimida ayni jihatlarni yana bir bor ta’kidladilar.

Musobaqa natijalariga ko‘ra yigitlar o‘rtasida:

1-o‘rin – TerDU

2-o‘rin – O‘zDJTSU

3-o‘rin – FarDU jamoasiga nasib etdi.

Qizlar o‘rtasida:

1-o‘rin – UrDU

2-o‘rin – O‘zDJTSU

3-o‘rin – TerDPI jamoasiga nasib etdi.

50 nafarga yaqin murabbiy 500 nafardan ortiq talabalarni jamlagan ushbu musobaqa talaba-yoshlar uchun do‘stlashish, murabbiylar uchun esa mahorat almashish imkoniyatini yaratdi.

Barcha ishtirokchilar va g‘oliblarni samimiy muborakbod etamiz!

 

 

Foydali Havolalar

Yangiliklar

Rektor huzurida apparat yig‘ilishi tanqidiy-tahliliy ruhda o‘tkazildi

  • 2026-07-21
  • 58

Termiz davlat universiteti rektori A. Toshqulov raisligida navbatdagi apparat yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Batafsil

DISSERTATSIYA ISHI MUVAFFAQIYATLI HIMOYA QILINDI

  • 2026-07-20
  • 43

Termiz davlat universiteti "O‘zbek tilshunosligi" kafedrasi o‘qituvchisi Qurbonmurodov Abror Abdurashidovich Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi

Batafsil

Termiz davlat universiteti vakili — Oʻzbekiston chempioni! 

  • 2026-07-18
  • 59

Joriy yilning 16–18-iyul kunlari Toshkent shahrida parayengil atletika sport turi boʻyicha oʻtkazilgan Oʻzbekiston chempionatida Termiz davlat universiteti

Batafsil