Ayni vaqtgacha yakuniy nazorat imtihonlarining qariyb 25% yakunlandi.
Tegishli tartib-qoidalarni buzgan talabalar dalolatnoma asosida yakuniy nazorat imtihonlaridan chetlashtirilmoqda.
Shu bilan birgalikda, bitiruvchi kurs talabalari yakuniy davlat attestatsiya sinovlarini hamda bitiruv malakaviy ish himoyalarini muvaffaqqiyatli himoya qilishmoqda.
Imtihonlar ovozli video-kuzatuv kameralari bilan jihozlangan auditoriyalarda tashkil etilgan.
Shuningdek, imtihonlar universitetning kamera.tersu.uz platformasida to’g’ridan-to’g’ri uzatilmoqda. Ushbu jarayonlar imtihonlarning adolatli va shaffof o’tilishini ta’minlaydi.
Eslatma: Bilim bilan topshirilgan har bir imtihon — g‘alabadir!