Soat 5:45–6:20 oralig‘ida badantarbiya mashg‘ulotlariga qo‘shiling. Har uch kunda vazn natijalarni birgalikda ko‘rib boramiz!
Ustozlar, murabbiylar va talabalar – barchasi bir maqsadda: sog‘lom turmush tarzi sari!
Ruhiyatni ko‘taradigan musiqa sadosi ostida jamoaviy harakat, birdamlik, hamjihatlik va samimiy munosabat – bularning barchasi muvaffaqiyat garovidir.
Ertalabki badantarbiya mashg‘ulotlarida ishtirokchilarning soni kundan-kunga ortib borayotgani ezgu tashabbusning keng quloch yozayotganligidan darak bermoqda.
Sog‘lom bo‘lishni istaysizmi? Unda biz bilan bo‘ling!