Xabaringiz bor, Termiz davlat universiteti mas’ulligida vohamiz “Talabalar ligasi” sport musobaqasining gandbol bo‘yicha Respublika bosqichiga mezbonlik qilinmoqda.
Bugungi bahslar yakuniga ko‘ra, finalda ro‘baro‘ keladigan jamoalar nomi aniqlandi. Ertaga soat 11:00 da Surxon sport arenasida TerDU sportchi-talabalari O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti gandbolchilari bilan birinchi o‘rin uchun maydonga tushishadi.
Mazkur bellashuvda ishtirok etib, jamoamizni qo‘llab-quvvatlang!
Finalga qadar talabalarimiz:
Toshkent davlat transport universiteti jamoasini 44:16 hisobida,
Namangan davlat universiteti vakillarini 32:21 hisobida,
Toshkent Renaissance universiteti sportchilarini 10:0 hisobida mag‘lub etishgan bo‘lsa,
bugun yarim finalda Farg‘ona davlat universiteti gandbolchilari bilan o‘tgan bellashuvda sportchilarimiz 29:23 hisobida ishonchli g‘alabani qo‘lga kiritishdi.
Jamoamizga ertangi bahsda ham omad tilaymiz!
Ma’lumot o‘rnida: 2024-yilning 10–15-dekabr kunlari Qoraqalpog‘iston Respublikasining Nukus shahrida o‘tgan "Universiada" sport musobaqasida ham bu ikki jamoa final uchrashuvida ro‘baro‘ kelishgan edi.