Xalqaro hamkorlik

A.Toshqulov Xitoyning Shimoli-g‘arbiy universiteti Madaniy meros instituti direktori, professor Ma Szyan boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi

Ikki universitet mutasaddilari “Ilmiy-tadqiqot markazi”dagi arxeologik laboratoriya imkoniyatlaridan samarali foydalanish, zarur maxsus uskunalar bilan boyitish, ilmiy-amaliy hamkorlikni yanada rivojlantirish bo‘yicha muzokaralar olib borishdi.

“Qadimiy ipak yo‘li bo‘ylab arxeologik tadqiqotlar: tarixiy yodgorliklar va ularning konservatsiyasi” kabi mavzularda hamkorlikda xalqaro konferensiyalar tashkillashtirish;

laboratoriya bo‘yicha mutaxassislar tayyorlash maqsadida ilmiy stajirovka va grantlar doirasida kadrlar tayyorlashga alohida e’tibor qaratish;

professor-o‘qituvchilar akademik almashinuvini yo‘lga qo‘yish;

2026-yildan 2+2 qo‘shma ta’lim dasturini yo‘lga qo‘yish takliflari muhokama etildi.

Ta’kidlanganidek, joriy yilning 1-2 iyun kunlari Samarqand shahrida o‘tkazilishi rejalashtirilgan ikkinchi O‘zbekiston-Xitoy hududlararo forumi doirasidagi TerDU va Xitoyning Shimoli-g‘arbiy universiteti rektorlari uchrashuvi tomonlarni qiziqtirgan ko‘p qirrali o‘zaro manfaatli takliflar yuzasidan muzokaralar olib borish uchun qulay maydon sanaladi.

Foydali Havolalar

Yangiliklar

Rektor huzurida apparat yig‘ilishi tanqidiy-tahliliy ruhda o‘tkazildi

  • 2026-07-21
  • 58

Termiz davlat universiteti rektori A. Toshqulov raisligida navbatdagi apparat yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Batafsil

DISSERTATSIYA ISHI MUVAFFAQIYATLI HIMOYA QILINDI

  • 2026-07-20
  • 43

Termiz davlat universiteti "O‘zbek tilshunosligi" kafedrasi o‘qituvchisi Qurbonmurodov Abror Abdurashidovich Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi

Batafsil

Termiz davlat universiteti vakili — Oʻzbekiston chempioni! 

  • 2026-07-18
  • 59

Joriy yilning 16–18-iyul kunlari Toshkent shahrida parayengil atletika sport turi boʻyicha oʻtkazilgan Oʻzbekiston chempionatida Termiz davlat universiteti

Batafsil