Termiz davlat universitetida kunduzgi ta’lim shakli bo‘yicha tahsil olayotgan bakalavriat va magistratura mutaxassisligi 1- va 2-kurs talabalari uchun bahorgi semestrning yakuniy nazorat imtihonlari boshlandi.
Ma’lumot o‘rnida: Universitetda 2024/2025 o‘quv yilida kunduzgi ta’lim shaklining 51 ta bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va 36 ta magistratura mutaxassisliklari kesimida 2397 nafar talabalar o‘qishga qabul qilingan. Yakuniy nazorat imtihonlari ta’lim yo‘nalishlari kesimida umumiy 170 ta fanlardan olib borilib, 24-may sanasiga qadar davom etadi. Shu bilan birgalikda, bitiruvchi kurs talabalari uchun Yakuniy davlat attestatsiya sinovlari ham boshlandi.
Ma’lumot o‘rnida: Ushbu o‘quv yilida universitetda 41 ta ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha besh mingga yaqin bitiruvchilar YADA sinovlarida ishtirok etib, kunduzgi ta’lim shaklidagi bitiruvchilar yozma, sirtqi ta’limdagilar esa test shaklida YADA ni topshiradilar.