Termiz davlat universitetida “psixologik xizmat ko‘rsatish markazi” tashkil etildi

Termiz davlat universitetida talabalar, professor-o‘qituvchilar va xodimlarning ruhiy barqarorligini ta’minlash, ma’naviy-ma’rifiy muhitni yanada sog‘lomlashtirish hamda zamonaviy talablarga javob beradigan psixologik xizmatlarni joriy etish maqsadida “Psixologik xizmat ko‘rsatish markazi” tashkil etildi.

Mazkur markaz universitet rektori A.Toshqulov rahbarligida 2025-yil 28-aprel kuni ijtimoiy-ma’naviy muhitga mas’ul bo‘lgan rahbar va mutaxassislar bilan o‘tkazilgan kengaytirilgan yig‘ilishning amaliy natijasi sifatida tashkil etildi.

Markaz orqali talabalar va xodimlarga individual va guruhli maslahatlar, profilaktik treninglar, psixologik diagnostika, onlayn maslahatlar, raqamli tezkor yordam xizmatlari kabi keng ko‘lamli faoliyat turlari yo‘lga qo‘yiladi. Shuningdek, markaz jamoasi tomonidan oilaviy va shaxsiy muammolar, ta’lim jarayonidagi qiyinchiliklar bo‘yicha ham psixologik ko‘mak ko‘rsatilishi ko‘zda tutilgan.

Mazkur tashabbus Termiz davlat universitetida har tomonlama barkamol va sog‘lom muhitni yaratish, ta’lim sifatini ruhiy qo‘llab-quvvatlash orqali yanada oshirishga xizmat qiladi.

Foydali Havolalar

Yangiliklar

Rektor huzurida apparat yig‘ilishi tanqidiy-tahliliy ruhda o‘tkazildi

  • 2026-07-21
  • 58

Termiz davlat universiteti rektori A. Toshqulov raisligida navbatdagi apparat yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Batafsil

DISSERTATSIYA ISHI MUVAFFAQIYATLI HIMOYA QILINDI

  • 2026-07-20
  • 43

Termiz davlat universiteti "O‘zbek tilshunosligi" kafedrasi o‘qituvchisi Qurbonmurodov Abror Abdurashidovich Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi

Batafsil

Termiz davlat universiteti vakili — Oʻzbekiston chempioni! 

  • 2026-07-18
  • 59

Joriy yilning 16–18-iyul kunlari Toshkent shahrida parayengil atletika sport turi boʻyicha oʻtkazilgan Oʻzbekiston chempionatida Termiz davlat universiteti

Batafsil