Rektorat majlislar zalida fakultet dekanlari, kafedra mudirlari, boshqarma va bo‘lim boshliqlari hamda menejerlar uchun Prezidentimizning kuni-kecha imzolagan “Ta’lim sifatini ta’minlash va ta’lim xizmatlari ko‘rsatish tizimini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmonining mazmun-mohiyatini yetkazishga bag‘ishlangan seminar tashkil etildi.
Rektorimiz ushbu farmon ijrosi doirasida tashkil etilayotgan agentlikning faoliyati va vakolatlari xususida to‘xtalib o‘tdi.
Seminarda, shuningdek, universitetning korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha “Komplayens-nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi mas’ullari Prezidentimizning jamiyatda korrupsiyaga nisbatan toqatsiz munosabatni shakllantirishga yo‘naltirilgan farmon va qarorlari ijrosi doirasida belgilangan vazifalar haqida ma’lumot berdi.