TerDU talabalari Xotira va qadrlash kuniga bag‘ishlab chellenj tashkil etishdi.
Faol talabalarimiz ishtirokchilardan "bozori yo‘q ne’mat — tinchlik" haqidagi shaxsiy tushunchalarini matnda ifodalashni so‘rashdi.
Chellenjda talabalar bilan bir qatorda professor-o‘qituvchilar va hatto rektorimiz ham ishtirok etdilar.
Tadbirning asosiy maqsadi — tinchlikning qadr-qimmatini anglash, osuda osmonimiz uchun jon fido qilganlar xotirasiga hurmat bajo keltirish, shuningdek, bugungi avlod uchun “tinchlik” nimani anglatishini o‘ylab ko‘rishga undash edi.
Yig‘ilgan javoblar — sodda va lo‘nda (“Tinchlik — bola tabassumi”, “Tinchlik — oilam tinchligi”) ifodalardan tortib, xalqlar do‘stligi, xavfsizlik va kelajak haqidagi chuqur fikr-mulohazalargacha — universitet jamoatchiligi qarashlarining yorqin aksidir va bu mavzu keyingi muhokamalar uchun ham asos bo‘lib xizmat qiladi.