O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 16-iyuldagi PQ-5148-son qarorida belgilangan topshiriqlarning ijrosini ta’minlash maqsadida, joriy yilning 8-maydan 31-may sanasiga qadar 2 bosqichda oliy ta’lim muassasalari talaba-yoshlari o‘rtasida jismoniy tayyorgarlik sinovlarini o‘tkazish belgilangan.
Shunga asosan, bugun barcha OTMlarda jismoniy tayyorgarlik sinovlariga start berildi. Bu jarayonlarni yurtimizdagi OTMlarning rektorlari boshchiligidagi mas’ullar va talaba-yoshlar Zoom videoaloqa dasturi orqali kuzatish imkoniyatiga ega bo‘lishdi.
Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti sport majmuasidagi tadbirlarni vohamizdagi OTM mas’ullari Termiz davlat universitetida tashkil etilgan studiya orqali kuzatib bordilar.
Universitet rektori huzurida Tarix fakulteti rahbariyati tomonidan istiqbolli rivojlanish strategiyasining taqdimoti bo‘lib o‘tdi
Yig‘ilishda prorektorlar, tegishli bo‘lim rahbarlari hamda mas'ul mutaxassislar ishtirok etdi. Taqdimot davomida fakultetda ilmiy-tadqiqot ishlarini kuchaytirish, xalqaro ilmiy hamkorlikni rivojlantirish, zamonaviy ta’lim texnologiyalarini joriy etish, talabalar malakasini oshirishga qaratilgan loyihalar muhokama qilindi.
Aytish kerakki, Tarix fakulteti ilmiy-nazariy bazasi, boy manbashunoslik maktabi va tajribali professor-o‘qituvchilari bilan ajralib turadi. Fakultet tomonidan tarixiy tadqiqotlar yo‘nalishida xalqaro loyihalarda ishtirok etish va ilmiy maqolalarni nufuzli jurnallarda chop etish bo‘yicha sezilarli natijalarga erishilmoqda.
Strategiya taqdimotidan so‘ng mas’ullar fakultet jamoasi tomonidan belgilangan maqsad ko‘rsatkichlarining ijrosini ta'minlashda aniq mas'ullar biriktirish lozimligini ta'kidlashdi.