Termiz davlat universitetida Halima Xudoyberdiyeva tavalludining 78 yilligiga bag‘ishlangan ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi

Termiz davlat universiteti Xotin-qizlar kengashi tashabbusi bilan O‘zbekiston xalq shoiri, milliy adabiyotimizning yirik namoyandasi Halima Xudoyberdiyevaning 78 yillik tavalludiga bag‘ishlangan ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.

Tadbirda universitet professor-o‘qituvchilari, talabalar va ijodsevar yoshlar ishtirok etdilar. Ular Halima Xudoyberdiyevaning ijodiy merosi, ayniqsa, sevgi, sadoqat, mehr-oqibat va insoniy fazilatlarni ulug‘lovchi she’rlari haqida so‘z yuritib, shoiraning badiiy dunyoqarashi va milliy qadriyatlarga sadoqatini yuksak baholadilar.

Tadbir doirasida talabalar o‘rtasida shoira ijodiga bag‘ishlangan mushoira tashkil etildi. Unda ishtirokchilar Halima Xudoyberdiyevaning yurt, ona, ayol va muhabbat mavzularidagi betakror satrlarini qalbdan his etgan holda, badiiy mahorat bilan ijro etdilar.

Foydali Havolalar

Yangiliklar

Rektor huzurida apparat yig‘ilishi tanqidiy-tahliliy ruhda o‘tkazildi

  • 2026-07-21
  • 58

Termiz davlat universiteti rektori A. Toshqulov raisligida navbatdagi apparat yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Batafsil

DISSERTATSIYA ISHI MUVAFFAQIYATLI HIMOYA QILINDI

  • 2026-07-20
  • 43

Termiz davlat universiteti "O‘zbek tilshunosligi" kafedrasi o‘qituvchisi Qurbonmurodov Abror Abdurashidovich Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi

Batafsil

Termiz davlat universiteti vakili — Oʻzbekiston chempioni! 

  • 2026-07-18
  • 59

Joriy yilning 16–18-iyul kunlari Toshkent shahrida parayengil atletika sport turi boʻyicha oʻtkazilgan Oʻzbekiston chempionatida Termiz davlat universiteti

Batafsil