Ma'lumot o'rnida ayni damda universitetimiz kampusidagi 7ta TTJlarida 3000 nafarga yaqin talaba istiqomat qilmoqda. Ular uchun 7 ta doshqozonda mohir oshpazlar tomonidan osh pishirildi.
Osh nafaqat talabalarga, balki 500 nafardan oshiq ishchi-xodimlarga ham tortildi.
E'tiborli tomoni bu gal universitet rahbariyati talabalar honasida ular bilab birga taomlanishdi. Samimiy muloqotlar asnosida yoshlarning orzu-umidlari, ulkan rejalariga quloq tutildi, maslahatlar berildi.
Ta’kidlash kerakki, bu kabi ezgu tashabbuslar TerDUda an’anaviy tus olib, muntazam o‘tkazilmoqda. Bu esa jamoada birdamlikni mustahkamlash, talabalarda qadriyatlarimizga hurmat, mehr-oqibat va g‘amxo‘rlik tuyg‘ularini shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etadi.