TerDUda rektor topshirig‘iga asosan universitetning boshqaruv apparati mas’ullari uchun Prezidentimizning kuni-kecha imzolagan “Ta’lim sifatini ta’minlash va ta’lim xizmatlari ko‘rsatish tizimini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmonining mazmun-mohiyatini yetkazishga bag‘ishlangan seminar tashkil etildi.
Unda mutasaddilar farmonning tizim istiqbolidagi muhim jihatlari xususida slaydlar orqali ma'lumot berib, ijrosini ta'minlashga doir chora-tadbirlar xususida to‘xtalib o‘tdi.
Rektorimiz ta’kidlaganlaridek, endilikda mazkur farmon bilan OTMlar o‘rtasida sog‘lom raqobat muhiti shakllanadi, ta’lim sifatini oshirish bo‘yicha mexanizm yo‘lga qo‘yiladi.
Rektor ko‘rsatmasiga asosan mazkur kontingent uchun "Time management" bo‘yicha seminar-trening mashg‘ulotlari tashkil etiladi.