Bugun TerDU rektori boshchiligidagi mas’ullar talabalar bilan birga universitet stadionida badantarbiya mashg‘ulotlarini bajardilar
TTJlarda istiqomat qilayotgan talabalar hamda mahalladagi yoshlar yengil yugurishdan so‘ng, tanani chiniqtiradigan, mushaklar uchun foydali bo‘lgan mashqlarni bajarishdi.
Yurtimiz bo‘ylab davom etayotgan sport oyligi doirasida ortiqcha vaznni yo‘qotish bo‘yicha amaliy harakat boshlandi. Har bir mas’ulning vazni o‘lchandi va kompleks reja asosida mashg‘ulotlarga jalb etiladigan bo‘ldi.